«Ilk qadam» mámleketlik oqıw baǵdarlaması — tiykarǵı qaǵıydalar
Mámleketlik oqıw baǵdarlaması 1316.08.2026
Bul materialdıń qaraqalpaqsha awdarması ele tolıq emes — tómende tolıq ózbekshe tekst berilgen.
Dastur nima uchun kerak
«Ilk qadam» — maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun yagona davlat o‘quv dasturi. U bola rivojlanishining beshta yo‘nalishini qamrab oladi.
Rivojlanishning beshta sohasi
- Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzi — harakat malakalari, gigiyena ko‘nikmalari.
- Ijtimoiy-hissiy rivojlanish — o‘zini boshqarish, tengdoshlari bilan muloqot.
- Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari — lug‘at boyligi, tovushlarni farqlash.
- Bilish jarayonining rivojlanishi — matematik tasavvurlar, atrof-olam.
- Ijodiy rivojlanish — tasviriy faoliyat, musiqa, teatrlashtirilgan o‘yinlar.
Tarbiyachi ish rejasiga qanday bog‘lanadi
Har bir mashg‘ulot ishlanmasida qaysi soha va qaysi kutilayotgan natija ustida ishlanayotgani ko‘rsatiladi. Kunlik rejada kamida ikkita soha qamrab olinishi tavsiya etiladi.