Oyın: «Sıyqırlı qalta»
Rawajlandırıwshı oyınlar3-4 jas 2116.08.2026
Bul materialdıń qaraqalpaqsha awdarması ele tolıq emes — tómende tolıq ózbekshe tekst berilgen.
Maqsad
Paypaslab aniqlash (taktil idrok) qobiliyatini rivojlantirish, predmetlarni nomlash va belgilarini ayta olish.
Kerakli jihozlar
- Matodan tikilgan chuqur xalta.
- 6–8 ta tanish predmet: koptok, qoshiq, mashina, kubik, olma (muljal), taroq, qalam, o‘yinchoq hayvon.
O‘tkazish tartibi
- Bolalar aylana bo‘lib o‘tiradi. Tarbiyachi xaltani ko‘rsatadi va sirini aytadi: «Bu xaltada sehrli narsalar bor».
- Bola qo‘lini xaltaga soladi, bitta predmetni ushlaydi, chiqarmasdan nima ekanini aytadi.
- So‘ng predmetni chiqarib tekshiradi. To‘g‘ri bo‘lsa guruh qarsak chaladi.
- Bola predmet haqida bitta gap tuzadi: «Bu koptok, u yumaloq va yumshoq».
Murakkablashtirish
- Predmetni ko‘rsatmasdan faqat belgilarini aytish, boshqalar topadi.
- Bir vaqtda ikkita predmet ushlab, ularni taqqoslash.
Kutilayotgan natija
Bola 5–6 predmetni paypaslab aniqlaydi va har biriga kamida ikkita sifat beradi.