«Qáwipsizlik» kartochkaları: bolatuǵın hám bolmaytuǵın
3–4 jas3-4 jas 716.08.2026
Bul materialdıń qaraqalpaqsha awdarması ele tolıq emes — tómende tolıq ózbekshe tekst berilgen.
Maqsad
Kundalik xavflarni tanish, «mumkin — mumkin emas» chegarasini tushunish.
Tarkibi
16 ta vaziyat rasmi va ikkita katta belgi: yashil ✓ (mumkin) va qizil ✕ (mumkin emas).
Vaziyatlar
| Mumkin ✓ | Mumkin emas ✕ |
|---|---|
| Qo‘lni yuvish | Rozetkaga tegish |
| Kattaning qo‘lidan ushlab ko‘chadan o‘tish | Yolg‘iz ko‘chaga chiqish |
| O‘yinchoq bilan o‘ynash | Mayda buyumni og‘izga solish |
| Mevani yuvib yeyish | Notanish odamdan narsa olish |
| Zinapoyada tutqichdan ushlash | Deraza yoniga chiqish |
| Issiq ovqatni puflab yeyish | Choynakka tegish |
| Kattaga aytish | Dori-darmonni o‘zi olish |
| Sekin yurish | Nam polda yugurish |
O‘tkazish tartibi
- Rasm ko‘rsatiladi, bola nima bo‘layotganini aytadi.
- «Bu mumkinmi?» — bola mos belgi ostiga qo‘yadi.
- Sababini so‘raymiz: «Nega mumkin emas? Nima bo‘lishi mumkin?»
- Xavfsiz muqobil topamiz: «Choynak issiq. Suv ichmoqchi bo‘lsang kimga aytasan?»
Bolani qo‘rqitmang. «Yonasan, o‘lasan» emas, «bu issiq, og‘riydi — shuning uchun kattaga aytamiz» deng.