Jas toparlar boyınsha kútilip atırǵan nátiyjeler (qısqa jadval)
Mámleketlik oqıw baǵdarlaması 916.08.2026
Bul materialdıń qaraqalpaqsha awdarması ele tolıq emes — tómende tolıq ózbekshe tekst berilgen.
Qanday foydalanish kerak
Bu jadval — bolani baholash uchun emas, rejalashtirish va kuzatish uchun mo‘ljal. Har bola o‘z sur’atida rivojlanadi; farq katta bo‘lsa mutaxassis bilan maslahatlashing.
2–3 yosh
- Nutq: 2–3 so‘zli gap tuzadi, 200–300 so‘z biladi, oddiy ko‘rsatmani bajaradi.
- Bilish: 3–4 rangni farqlaydi, «katta-kichik»ni ajratadi, piramidani yig‘adi.
- Harakat: yuguradi, to‘pni tepadi, zinapoyadan yordam bilan chiqadi.
- Ijtimoiy: yonma-yon o‘ynaydi, o‘z ismiga javob beradi, kattaga taqlid qiladi.
3–4 yosh
- Nutq: 4–5 so‘zli gap, «nima?», «qayerda?» savollariga javob beradi, she’r yodlaydi.
- Bilish: 3 gacha sanaydi, asosiy shakllarni biladi, 2 belgi bo‘yicha guruhlaydi.
- Harakat: ikki oyoqda sakraydi, chizadi, yirik tugmani qadaydi.
- Ijtimoiy: birgalikda o‘ynay boshlaydi, navbat kutishga o‘rganadi.
4–5 yosh
- Nutq: rasm bo‘yicha 4–5 gapli hikoya, «nega?» savolini beradi.
- Bilish: 5 gacha sanaydi, ketma-ketlikni davom ettiradi, ortiqchasini topadi.
- Harakat: bir oyoqda turadi, qaychi bilan qirqadi, konturdan chiqmay bo‘yaydi.
- Ijtimoiy: rolli o‘yin o‘ynaydi, qoidaga rioya qiladi, do‘st tanlaydi.
5–6 yosh
- Nutq: bog‘lanishli hikoya, so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘ladi, birinchi tovushni ajratadi.
- Bilish: 10 gacha sanaydi, qo‘shni sonlarni biladi, oddiy masalani yechadi.
- Harakat: arqonda sakraydi, to‘pni ilib oladi, tugma va ilgakni o‘zi qadaydi.
- Ijtimoiy: o‘z hissiyotini nomlaydi, kelisha oladi, yordam so‘raydi.
6–7 yosh (maktabga tayyorlov)
- Nutq: matnni qayta hikoya qiladi, gap tuzilishini tushunadi, ba’zilari o‘qiy boshlaydi.
- Bilish: 20 gacha sanaydi, qo‘shish-ayirishning oddiy holatlarini bajaradi, vaqtni tushunadi.
- Harakat: qalamni to‘g‘ri ushlaydi, grafik diktantni bajaradi, chidamlilik oshadi.
- Ijtimoiy: ko‘rsatmani oxirigacha bajaradi, 25–30 daqiqa diqqatini saqlaydi, o‘zini baholay boshlaydi.
Agar bola o‘z yosh guruhi ko‘rsatkichlaridan ikki yoki undan ortiq yo‘nalishda sezilarli orqada qolsa — metodist va psixolog bilan birgalikda individual reja tuzing.