Oyın: «Ne ózgerdi?» (itibar hám yad)
Rawajlandırıwshı oyınlar5-6 jas 916.08.2026
Bul materialdıń qaraqalpaqsha awdarması ele tolıq emes — tómende tolıq ózbekshe tekst berilgen.
Maqsad
Ko‘rish xotirasi va diqqat barqarorligini rivojlantirish; predmetlarni nomlash va farqni so‘z bilan ifodalash.
Kerakli jihozlar
- Poднos yoki stol.
- 5–8 ta tanish predmet: qoshiq, kubik, mashina, olma, qalam, taroq, koptok, qo‘g‘irchoq.
- Mato yoki salfetka.
O‘tkazish tartibi
- Predmetlar stolga qator qilib teriladi. Bolalar ular bilan tanishadi va har birini nomlaydi.
- «Ko‘zni yumamiz» — bolalar ko‘zini yumadi (yoki tarbiyachi matoni yopadi).
- Tarbiyachi bitta predmetni oladi yoki ikkitasining o‘rnini almashtiradi.
- «Ko‘zni ochamiz. Nima o‘zgardi?» — bola javob beradi va to‘liq gap tuzadi: «Qoshiq yo‘qoldi».
- To‘g‘ri topgan bola keyingi safar «boshlovchi» bo‘ladi.
Murakkablashtirish
- Predmetlar sonini 10–12 taga oshirish.
- Bir vaqtda ikkita o‘zgarish kiritish.
- Predmet o‘rniga rangli kartochkalar ketma-ketligidan foydalanish.
Kutilayotgan natija
Bola 6–8 predmetni eslab qoladi va o‘zgarishni mustaqil topib, to‘liq gap bilan aytadi.