Oyın: «Úyshe kim ushın?» (sensor: figura hám ólshem)
Rawajlandırıwshı oyınlar2-3 jas 916.08.2026
Bul materialdıń qaraqalpaqsha awdarması ele tolıq emes — tómende tolıq ózbekshe tekst berilgen.
Maqsad
Shakl va o‘lchamni farqlash, «katta-kichik» tushunchasi; qo‘l-ko‘z muvofiqligi.
Kerakli jihozlar
- Karton quti — ustida doira, kvadrat va uchburchak teshiklar (ikki o‘lchamda).
- Shu shaklga mos figuralar.
- Kichik o‘yinchoq hayvonlar.
O‘tkazish tartibi
- Tarbiyachi ertak boshlaydi: «Hayvonchalar uyiga qaytmoqchi, lekin eshikni topolmayapti».
- Bola figurani oladi, teshikka solib ko‘radi. To‘g‘ri kelmasa boshqasini sinaydi.
- Har safar tarbiyachi nomlaydi: «Bu — doira. Doira uyi ham dumaloq».
- Yakunda barcha figuralar joyiga tushadi, hayvonlar «uyga kiradi».
Muhim
2–3 yoshda natija emas, harakat muhim. Bola sinab ko‘rsin, tarbiyachi shoshirmasin va uning o‘rniga qilib bermasin.
Kutilayotgan natija
Bola 2–3 shaklni farqlaydi va mustaqil joylashtira oladi.