323-sanlı buyrıq — MSHBSH hám pedagoglardıń jumıs hújjetleri dizimi
Nizam hám qollanbalar 917.08.2026
Bul materialdıń qaraqalpaqsha awdarması ele tolıq emes — tómende tolıq ózbekshe tekst berilgen.
Hujjat haqida
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 29-avgustdagi 323-son buyrug‘i — «Maktabgacha ta’lim tashkiloti va pedagoglarning ish hujjatlarini tasdiqlash to‘g‘risida». Vazir E. Karimova.
Buyruq 2025–2026 o‘quv yilidan boshlab kuchga kirdi va Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 28-avgustdagi 99-son buyrug‘ini bekor qildi.
Nima uchun qabul qilingan
- pedagog xodimlar faoliyatini samarali tashkil etish;
- ta’lim-tarbiyaviy jarayonda yagona yondashuvni ta’minlash;
- yuritilayotgan ish hujjatlarni tartibga solish;
- ortiqcha qog‘ozbozlikka yo‘l qo‘ymaslik.
Uchta ilova
- 1-ilova — davlat MTT va pedagoglarining ish hujjatlari ro‘yxati;
- 2-ilova — davlat-xususiy sheriklik asosidagi va oilaviy nodavlat MTTlar uchun ro‘yxat;
- 3-ilova — ish hujjatlarini yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarbiyachining ish hujjatlari (05-bo‘lim)
| Indeks | Hujjat nomi | Saqlanish muddati |
|---|---|---|
| 05-01 | «Ilk qadam» davlat o‘quv dasturi va shu dastur asosida tayyorlangan variativ dastur | Yangilangunga qadar |
| 05-02 | Oylik ish rejasi (Ish jurnali) | 3 yil |
| 05-03 | Bolalar davomatini qayd etish daftari (tabel, filtr, ota-onalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar) | Zarurat qolmaguncha |
| 05-04 | Bolalarning rivojlanish xaritalari. Yillik hisobot | 5 yil (bola umumta’lim maktabiga ketgunga qadar) |
Tashkilotning boshqaruv hujjatlari (01-bo‘lim) — asosiylari
- 01-01 — kiruvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ro‘yxatga olish daftari;
- 01-02 — chiquvchi hujjatlarni qayd etish daftari;
- 01-03 — jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ro‘yxatga olish daftari (3 yil);
- 01-04 — faoliyatga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlar yig‘ma jildi (ustav, kadastr, tashkilot pasporti, attestatsiya va tekshiruv hujjatlari);
- 01-05 — moliyaviy hujjatlar yig‘ma jildi;
- 01-06 — Kuzatuv kengashiga oid hujjatlar;
- 01-07 — «Ilk qadam» dasturi va metodik qo‘llanmalar (barcha xodimlar uchun).
To‘liq ro‘yxat va yuritish yo‘riqnomasi — biriktirilgan PDF faylda.