802-sanlı qarar — Mektepke shekemgi bilimlendiriwdiń MÁMLEKETLIK STANDARTI
Mámleketlik oqıw baǵdarlaması 1017.08.2026
Bul materialdıń qaraqalpaqsha awdarması ele tolıq emes — tómende tolıq ózbekshe tekst berilgen.
Hujjat haqida
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son qarori — «Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida». Ro‘yxat raqami: QHMMB 09/20/802/1658, 23.12.2020.
«Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida»gi Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
Davlat standarti nimalarni belgilaydi
- davlat standartining maqsadi, asosiy vazifalari va prinsiplari;
- maktabgacha ta’limning namunaviy o‘quv rejasi;
- standartni joriy etish va unga rioya etilishini nazorat qilish tartibi;
- ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari;
- MTTning davlat o‘quv dasturi;
- MTTlarni o‘yinlar to‘plami, o‘yinchoqlar, mebel, jihozlar hamda texnik va reabilitatsiya vositalari bilan jihozlash me’yorlari.
Tarbiyachi uchun eng muhimi
Davlat talablari bolalarni ikkita yosh guruhiga ajratadi va har bir rivojlanish sohasi kichik sohalarga bo‘linadi. Rivojlanish kartasini to‘ldirishda va indikatorlarni baholashda aynan shu hujjatga tayaniladi:
- «Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish» — 4 ta kichik soha;
- «Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» — 3 ta kichik soha;
- «Nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari» (3–7 yosh) — 3 ta kichik soha;
- «Bilish jarayonining rivojlanishi» — bunga «Izlanish-bilish va natijali refleksiv faoliyat» kichik sohasi kiradi;
- «Ijodiy rivojlanish» — bunga «Badiiy ijodiy qobiliyatlar» kichik sohasi kiradi.
Biriktirilgan faylda standartning to‘liq matni (Word — qidirish va nusxalash qulay).
Qarorning rasmiy skan nusxasi (PDF, 111 bet) ham mavjud.
Bul túrdegi fayldı brauzerde kóriw múmkin emes — júklep alıń.